Pro build generationPro build generation
KORXONA HAQIDA

PBG 2017-yilda Toshkentda tashkil etilgan bo‘lib, bugun 250 dan ortiq mutaxassisni birlashtiradi va loyihalash hamda xaridlardan tortib qurilish va foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan to‘liq siklli EPC loyihalarini amalga oshiradi.

2023-yildan buyon biz tarixi 1966-yildan boshlangan va mintaqaning 16 dan ortiq mamlakatida faoliyat yurituvchi sanoat guruhi, UET Group tarkibiga kiramiz.

Biz Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va O‘zbekiston hukumati ko‘magida muhim loyihalarni muhandislik yechimlaridan obyektlarni foydalanishga topshirishgacha amalga oshiramiz.

ISHONCHLI EKSPERTIZAISHONCHGA LOYIQ KOMPETENSIYALAR

MUROJAAT

Founder

MUROJAAT

Loyihani topshirayotganimizda, gap shunchaki kilometrlarda emas. Gap Olmaliq va Bekoboddagi 6 000 dan ortiq oila o‘z uyida munosib sanitariya sharoitiga ega bo‘layotgani haqida. Yoki magistral gaz quvuri tufayli ishonchli issiqlik va energiya bilan ta’minlangan butun bir hudud haqida.
Bu boshqa darajadagi mas’uliyat. Biz PBG’ni shunchaki miqyos uchun qurmayapmiz. Biz uni mijozlarimiz, hamkorlarimiz va jamoamiz uchun ishonchli kompaniya sifatida barpo etmoqdamiz. Qolgan hamma narsa shundan keyin keladi.

SARVAR MUTALOV

Bosh Director

RIVOJLANISH YO‘NALISHI

Batafsil

SAMARADORLIK

Resurslardan oqilona foydalanish, boshqaruv samaradorligini oshirish va natijaning barqarorligini ta’minlash.

NATIJADORLIK

Muddatlar, byudjet, sifat va yaratilgan tizimlarning ishonchli ishlashi asosida baholash.

JAMOAVIYLIK

Mutaxassisliklarni muvofiqlashtirish, harakatlarning uyg‘unligi va ishtirokchilarning umumiy mas’uliyati.

BARQAROR O‘SISH

Kompetensiyalar va loyihalar ko‘lamini izchil rivojlantirish.

INNOVATSIYALAR

Murakkab vazifalarga zamonaviy muhandislik va boshqaruv yondashuvlari.

SIFAT VA PROFESSIONALLIK

Muhandislik aniqligi, ijro intizomi va har bir bosqichda yuqori standartlar.

OBRO‘

Ishdagi shaffoflik, natijaning oldindan kutilishi, hamkorlar ishonchi va brend tan olinishi.

EPCC YECHIMLARI

  • MUHANDISLIK

    PBG Muhandislik markazi barcha joriy va istiqboldagi loyihalarni kompleks muhandislik jihatidan qo‘llab-quvvatlaydi, har bir bosqichda yagona texnik standartlar va yechimlarning yuqori sifatini ta’minlaydi.

  • TA’MINOT

    PBG Ta’minot Markazi biznesning barcha yo‘nalishlarida ta’minot faoliyatini markazlashgan holda boshqaradi, xaridlar, yetkazib berish va yetkazib beruvchilar bilan ishlashda yagona standartlarni ta’minlaydi.

  • QURILISH

    Biz sanoat, tijorat va infratuzilma loyihalari uchun murakkab fuqarolik, konstruktiv va mexanik qurilish ishlarini bajarib, har bir bosqichda aniqlik va sifatni ta’minlaymiz.

  • ISHLATISHGA TOPSHIRISH

    Ishga tushirish va texnik xizmat ko‘rsatish EPCC siklining muhim yakuniy bosqichlari bo‘lib, obyektning qurilishdan to‘liq va ishonchli ishlash holatiga o‘tishini ta’minlaydi.

  • LOYIHALARNI BOSHQARISH

    Loyihalarni samarali boshqarish murakkab sanoat va infratuzilma obyektlarini har tomonlama nazorat qilish, amalga oshirishning barcha bosqichlarini yagona boshqaruv jarayoniga birlashtirish imkonini beradi.

BIZNING TAJRIBAMIZ

SUV INFRATUZILMASI

Suv infratuzilmasi loyihalari PBG faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 2019-yildan buyon Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon Banki va davlat tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqdamiz. Tajribamiz suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlari, gidrotexnik inshootlar va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilishni qamrab oladi. Portfelimizda umumiy uzunligi 100 km dan ortiq bo‘lgan 10 dan ziyod suv ta’minoti loyihalari hamda O‘zbekiston bo‘ylab kanalizatsiya tarmoqlariga oid loyihalar mavjud.

NEFT VA GAZ INFRATUZULMASI

PBG energiya va mintaqaviy tarmoqlar ishonchliligini ta’minlaydigan muhim neft va gaz infratuzilmasini yaratadi. Portfelimiz magistral gaz quvurlari, quvur liniyalari infratuzilmasi va strategik energetika tizimlarini o‘z ichiga oladi. Biz har bir loyihani muhandislik va ta’minotdan tortib qurilish hamda ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda boshqaramiz, aniqlik va qat’iy standartlarga rioya qilinishini ta’minlaymiz.

SANOAT QURILISHI

PBG ishlab chiqarish, logistika va strategik sanoat tarmoqlari uchun loyihalarni amalga oshiradi. Tajribamiz ishlab chiqarish majmualari, sanoat infratuzilmasi va yuqori muhandislik aniqligi hamda qat’iy ijro intizomini talab qiladigan texnik jihatdan murakkab obyektlarni qamrab oladi. Integratsiyalashgan EPC va EPCС yondashuvi orqali har bir bosqichni ta’minot va loyihalashdan tortib qurilish va ishga tushirishgacha muvofiqlashtiramiz.

FUQAROLIK QURILISHI

Zamonaviy va qulay shahar muhitini yaratish turli yo‘nalishlardagi tajriba va bilimlarni talab etadi. Biz turar joy, jamoat, tijorat va maxsus obyektlarni - ofis binolari va turar joy majmualaridan tortib, jamoat makonlari va murakkab muhandislik infratuzilmasigacha - barpo etamiz. Shuningdek, mavjud binolar va infratuzilmani rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilamiz.

XAVFSIZLIK MADANIYATI

PBGda xavfsizlik - ishimizning asosiy tamoyillaridan biridir. Biz jarohatlar va hodisalarning oldini olishga, atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishga hamda loyihaning har bir bosqichida xavfsizlikni ta’minlashga intilamiz.

  • HAYOT VA SALOMATLIK USTUVORLIGI

    Inson hayoti va salomatligini himoya qilish - rejalashtirish va loyihalashdan tortib, qurilish va ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha qarorlarda asosiy ustuvorlikdir.

  • HODISALARNING OLDINI OLISH

    Biz hodisalar, jarohatlar va kasb kasalliklarining oldini olish uchun xavflarni ular yuzaga kelishidan avval aniqlaymiz, baholaymiz va bartaraf etamiz.

  • TALABLARGA RIOYA QILISH

    Biz mehnat muhofazasi, sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilamiz hamda ichki standartlarni muntazam takomillashtirib boramiz.

  • RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH

    Resurslardan oqilona foydalanish atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishga va loyihalarimiz natijalarining barqarorligini oshirishga yordam beradi.

  • DOIMIY TAKOMILLASHTIRISH

    Biz HSE boshqaruv tizimini doimiy ravishda takomillashtirib, to‘plangan tajriba, natijalar monitoringi va ilg‘or amaliyotlardan foydalanamiz.

  • SHAXSIY MAS’ULIYAT

    Har bir xodim ish joyidagi xavfsizlik uchun mas’ul bo‘lib, xavfli vaziyat yuzaga kelganda ishni to‘xtatish huquqiga ega.r.

MEHNATNI MUHOFAZA QILISH, XAVFSIZLIK VA ATROF-MUHIT

PBGda HSE - nsonlarni himoya qilish, operatsion xavflarni kamaytirish va loyihalarning ishonchli amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiluvchi integratsiyalashgan boshqaruv tizimidir. Mehnat salomatligi, xavfsizlik va atrof-muhit boshqaruvini EPCC jarayonining har bir bosqichiga joriy etish orqali biz talablarga muvofiqlikni, ishlarning uzluksizligini va loyihalarning uzoq muddatli samaradorligini ta’minlaymiz.

  • OPERATSION XAVFLAR

    Hodisalarning oldini olish, to‘xtab qolishlarni kamaytirish va loyiha davomida muhim uskunalarni himoya qilish.

  • HUQUQIY XAVFLAR

    Normativ talablar, shartnoma majburiyatlari va amaldagi HSE standartlariga rioya etilishini ta’minlash.

  • REPUTATSION XAVFLAR

    Loyihalarni mas’uliyat bilan amalga oshirish orqali mijozlar, hamkorlar va jamoatchilikning uzoq muddatli ishonchini mustahkamlash.

  • MOLIYAVIY XAVFLAR

    Xavflarni samarali boshqarish orqali hodisalar, kechikishlar, da’volar va operatsion uzilishlarning moliyaviy oqibatlarini kamaytirish.

Korxona TARIXI

MUVOFIQLIK VA RUXSATNOMALAR

PBG murakkab EPCC loyihalarini amalga oshirish uchun zarur litsenziya va sertifikatlarga ega.
Tasdiqlovchi hujjatlar so‘rovga binoan taqdim etiladi.

4 tadan 1 - 3

GLOBAL MIQYOS