Loyiha Chirchiq daryosining 5 kilometrlik qismi uchun batafsil muhandislik yechimlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Ishlar daryo o‘zanini toraytirish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va rekreatsiya hududlarini yaratishni o‘z ichiga oladi. Yechimlar Q500 gacha bo‘lgan toshqin suv sarfini o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, yangi biznes hududini suv bosishidan himoya qilish va rekreatsiya uchun barqaror suv sathini ta’minlashga qaratilgan.

BUYURTMACHI
DARYO BO‘YI BUSINESS CITY direksiyasi, Toshkent
AMALGA OSHIRISH HUDUDI
Toshkent, O‘zbekiston
AMALGA OSHIRISH MUDDATI
2021-2026
Loyiha Chirchiq daryosining 5 kilometrlik qismida muhandislik yechimlarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. U daryo o‘zanini toraytirish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va rekreatsiya hududlarini yaratishni qamrab oladi.
Ishlar doirasida uch pog‘onali daryo o‘zani, uzunligi 525 metr bo‘lgan rezina to‘g‘on va yettita gabion to‘g‘onini qurish ko‘zda tutilgan. Mazkur yechimlar suv sarfi o‘zgarganda oqimni boshqarish, zarur suv sathini saqlash va atrofdagi hududni himoya qilish imkonini beradi.
0 km
DARYO QISMIQ0
HISOBIY TOSHҚIN SUV SARFI0 m
REZINA TO‘G‘ON0
GABION TO‘G‘ONI
Daryo tizimi bilan ishlash suv oqimi va sharoitlarning o‘zgarishini hisobga olishni talab etadi. Bizning vazifamiz - yuqori toshqin suv sarfini xavfsiz o‘tkazish, zarur suv sathini saqlash va daryo bo‘ylab qulay funksional muhit yaratish. Ushbu talablarning barchasini birgalikda ta’minlash loyihaga muhandislik nuqtayi nazaridan alohida murakkablik beradi.


